Londonning «Arsenal» jamoasining hujumchisi Kay Xaverts murabbiy Mikel Artetaning o'z o'yiniga ta'siri haqida fikr bildirdi.
«Oldin men kurashda g'alaba qozonmasam, xafa bo'lmasdim. Albatta, Mikel meni o'yinchi sifatida o'zgartirdi. Endi men himoya vazifalarini bajarish va duellarda g'alaba qozonishning qanchalik muhimligini bilaman. Murabbiy menga juda katta ta'sir ko'rsatdi», – deydi 27 yoshli nemis futbolchisi DailyAFC nashriga.
Kay Xaverts 2023 yil yozida «Chelsi»dan «Arsenal»ga 75 million evro evaziga o'tdi. Umuman olganda, hujumchi «kanonirlar» safida 117 ta o'yin o'tkazib, 39 ta gol urdi va 18 ta golli uzatma berdi.
