«Fulxem» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaga Josh Kingning Angliya terma jamoasiga chaqirilish ehtimoli haqida savol berildi. King «dacniklar» tarbiyalanuvchisi bo'lib, yarim himoyachi sifatida o'ynaydi.

«Men Angliya terma jamoasi murabbiyi emasman, lekin u tayyor deb o'ylayman. Men bu ligada Kingga o'xshash ko'p o'yinchilarni ko'rmayman. U faqat 19 yoshda, katta talanti bor va albatta, juda mehnatkash o'yinchi. U o'yinga ta'sir ko'rsatishi mumkin, va menimcha, o'z darajasiga ko'ra, terma jamoada o'rin olishga loyiq», - deydi murabbiy BBCga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda King 5 o'yinda 2 gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.