«Kristal Pelas» yarimhimoyachisi Adam Uorton yozgi transfer oynasida jamoasidan ketish niyati yo‘qligini bildirdi. Unga ko‘plab yevropalik yetakchi klublar qiziqish bildirgan.
«Men bu yozda ketish haqida hech qachon jiddiy o‘ylamaganman. Agentim menga hech narsa aytmaydi. Men bu jarayonlarga umuman aralashmayman, chunki hech narsa bilishni xohlamayman. Agar men ketmoqchi bo‘lmasam, hech qanday ma'lumotga ega bo‘lishimning keragi yo‘q», — dedi Uorton Sky Sportsga.
Joriy mavsumda Uorton barcha musobaqalarda oltita o‘yinda qatnashdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
22 yoshli yarimhimoyachining «qarg‘alar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
