«Liverpul» qishki transfer oynasida kimni sotib olmoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi.

Football Insider ma'lumotlariga ko'ra, «qizillar» Monakoning Lamina Kamarasini sotib olishni rejalashtirmoqda, bu esa o'rta maydondagi muammolarni hal qilishga yordam beradi. Manbaga ko'ra, merseysaidliklar yozda yangi yarim himoyachini olishni xohlagan, lekin muvaffaqiyat qozonishmagan.

Hozirda Kamara «Liverpul»ning yanvar oyidagi transfer ro'yxatida yuqori o'rinlardan birini egallab turibdi.

2026/27 yilgi mavsumda senegalchining barcha musobaqalarda oltita o'yinda qatnashib, bir gol urgan va bir golga assist bergan.

Transfermarkt mutaxassislari 22 yoshli futbolchini 40 million evroga baholamoqda.