A Bola nashrida o‘tkazilgan so‘rovda muxlislar Portugaliya terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi o‘yinda maydonga tushishini xohlagan boshlang‘ich tarkibini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. So‘rov natijalari asosida nashrda ikki xil tarkib varianti e’lon qilindi: jurnalistlar tanlovi va muxlislar tanlovi.
Jurnalistlar tanlagan Portugaliya terma jamoasining boshlang‘ich tarkibi: Kosta – Kanselu, Dias, Inasiu, Mendesh, Vitinya, Joau Neves, Bruno Fernandes, Trincao, Ramush, Felish.
Muxlislar tanlagan Portugaliya terma jamoasining boshlang‘ich tarkibi: Kosta – Kanselu, Dias, Arauju, Mendesh, Vitinya, Joau Neves, Bruno Fernandes, Trincao, Ramush, Felish.
Ko‘rishimiz mumkinki, portugaliyalik jurnalistlar va muxlislar Krishtianu Ronalduning asosiy tarkibga kiritilishiga qarshi chiqishdi. Tarkiblarni taqqoslaganda, farq faqatgina himoyadagi Inasiu va Arauju o‘rtasida.
Portugaliya – O‘zbekiston o‘yini 23-iyun, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.




