Moskva «Spartak»ining yarim himoyachisi Roman Zobnin, yarim himoyachi Danil Prucevning jamoadagi kelajagi haqida qisqa izoh berdi.
«Albatta [Prucevning qolishini xohlayman]. So‘radim: «Qayerda shug‘ullanasan?» U: «Bu yerda», - deya «Match TV»da «xalq jamoasi» kapitani so‘zlarini yetkazdi.
O‘tgan o‘yin mavsumida Prucev boshqa poytaxt klubi – «Lokomotiv»da ijarada o‘ynadi. U 31 ta uchrashuvda qatnashib, ikki gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Prucevning bozor qiymati olti million evro deb baholanmoqda. Yarim himoyachining «qizil-oqlilar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozida tugaydi.




