Moskva «Spartak»ining yarim himoyachisi Roman Zobnin 37 yoshli rossiyalik markaziy hujumchi Artem Dzyuba haqida fikrlarini bildirdi.

«U yuqori darajadagi futbolchi. Unga futbol o'ynashda davom etishini, jarohatlardan saqlanishini tilayman. U qayerda o'ynashni o'zi hal qilishi kerak. Artemning ko'plab rekordlarni yangilaganidan xursandman», - deydi «xalq jamoasi» kapitani so'zlarini «Championat» yetkazmoqda.

Ma'lumki, Dzyubaning oxirgi ish joyi Tolyatti «Akron»i bo'lgan. U 2025/2026 yilgi mavsum tugagach, jamoani tark etdi.

O'tgan mavsumda RPLda hujumchi 26 o'yin o'tkazib, sakkiz gol urdi va beshta golli uzatmaga ega bo'ldi.