O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Ilyas Zeytullayev 41 yoshli hujumchi Krishtian Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi mavjudligi o‘yinga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi.
«Krishtianing ismi jamoaga ta’sir qiladi. O‘zi ham buni tushunishi kerak. Ronalduning maydonda 90 daqiqa bo‘lishi - Portugaliya terma jamoasi uchun asosiy muammo», - deydi Zeytullayevning so‘zlarini Metaratings.ru yetkazmoqda.
Jahon chempionatining guruh bosqichidagi birinchi o‘yinda Portugaliya terma jamoasi DRC Kongoga qarshi kutilmagan holda 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Roberto Martines boshqaruvidagi jamoa keyingi o‘yinni O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.




