Kaliningradning «Baltika» jamoasi murabbiyi Andrey Talalaev jamoa futbolchilari – darvozabon Maksim Borisko, hujumchi Brayan Xil va yarim himoyachi Aleksandr Filin holati haqida fikr bildirdi.
«Borisko 100% tayyor, cheklovlarsiz mashg'ulot o'tmoqda. Xil ikkinchi yig'ilishdan boshlab umumiy guruhda ishlay boshlaydi. Filin operatsiyasi muvaffaqiyatli o'tdi. Sasha reabilitatsiyadan o'tmoqda», - deya murabbiy so'zlarini «Championat» orqali etkazdi.
O'tgan mavsumda Rossiya Premer-ligasida kaliningradlik jamoa 46 ball to'plab, turnir jadvalida oltinchi o'rinni egalladi. Chempionlik unvoni esa Sankt-Peterburgning «Zenit» jamoasiga nasib etdi.




