Fransiya terma jamoasining yulduz hujumchisi Kilian Mbappe 2026-yilgi Jahon chempionati doirasida Iroq terma jamoasiga qarshi o'yin oldidan jurnalistlar bilan muloqot qildi. Ushbu uchrashuv hujumchi uchun «uch rangli» jamoada 100-o'yin bo'ladi.

«Men o'z mamlakatim terma jamoasi uchun o'ynashni yaxshi ko'raman. Milliy jamoadan muhimroq narsa yo'q. 100 o'yin – bu tarixiy bir lahza. Yubiley o'yinini Jahon chempionatida o'tkazish juda yoqimli», - dedi hujumchi matbuot anjumanida.

Hozirda Mbappenin hisobida Fransiya terma jamoasida 99 uchrashuvda 58 gol va 40 assist mavjud.

Iroq bilan o'yin 23-iyun kuni bo'lib o'tadi. O'yin Moskvada soat 00:00 da boshlanadi.