2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Ispaniya terma jamoasi Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o'ynadi. «Qizil furiya» katta 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

Statistika portali Opta xabar berishicha, Ispaniya jamoasi o'tgan uchrashuvda noyob yutuqqa erishdi. «Qizil furiya» Jahon chempionatlari tarixida 18 yosh yoki undan kichik ikki futbolchi tomonidan gol urilgan birinchi jamoa bo'ldi.

2022 yilda Ispaniya terma jamoasi uchun yarim himoyachi Gavi gol urgan edi. U Qatar musobaqasida Kosta-Rikaga qarshi o'yinda darvozani ishg'ol qilgandi. Saudiya Arabistoniga qarshi o'tgan uchrashuvda esa 18 yoshli qanot o'yinchisi Lamin Yamal gol urdi.