Ispaniya terma jamoasining hujumchi yarim himoyachisi Lamin Yamal 2026 yil Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadigan Jahon Chempionatida «qizil furiya»ning imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Yevropaliklar ikkinchi turda Saudiya Arabistonini 4:0 hisobida mag'lub etdilar.

«Terma jamoada «Oltin to'p» sohibi Rodri o'ynaydi. Pedri o'z pozitsiyasida dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri, shuningdek, bizda Uilyams, O'yarsabal, Olmo va boshqalar bor. Men ushbu jamoaga yordam berishni xohlayman. Biz favoritlar hisoblanamiz, chunki terma jamoamiz yuqori darajadagi futbolchilardan iborat», - deydi qanot o'yinchisi AS nashriga.

Ikki o'yin natijasiga ko'ra, Ispaniya to'rt ochko bilan o'z guruhida yetakchilik qilmoqda. «qizil furiya»ning keyingi o'yini Urugvayga qarshi bo'ladi.