2026-yilgi jahon chempionatining guruh bosqichining ikkinchi turida Eron terma jamoasi Belgiyaning milliy jamoasi bilan uchrashdi. O'yin 0:0 hisobida durang tugadi. Ushbu natija haqida Eron jamoasining darvozaboni Alireza Beiranvand fikr bildirdi.
«Bunday o'yin uchun eron xalqini va stadionda bizni qo'llab-quvvatlagan har bir muxlisimizni tabriklamoqchiman. Bu oson o'yin bo'lmadi. Belgiyaning terma jamoasi eng kuchli futbol jamoalaridan biridir. Biz ushbu jamoani hurmat qilamiz», - deya darvozabonning so'zlarini FIFA matbuot xizmati etkazdi.
Shuni ta'kidlash joizki, darvozabon o'tgan o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Guruh bosqichining oxirgi turida Eron Yangi Zelandiyaga qarshi o'ynaydi.




