Argentinaning asosiy murabbiyi Lionel Skaloni Braziliya murabbiyi Karlo Anchelottining so'nggi bayonotiga izoh berdi.
Italiyalik mutaxassis, argentinaliklar yuqori intensiv futbol o'ynashmasligini, o'yin ritmini to'g'ri boshqarishni afzal ko'rishini ta'kidladi.
«Anchelottining bizning o'yinimiz haqidagi so'zlarining mohiyatini yaxshi tushundim. Bu bizni ruhlantirdi. Bu tanqid emas, balki ko'proq maqtov deb hisoblayman. Avvalambor, odamlar intensivlikni nimani anglatishini aniqlab olishlari kerak. Hozirda har doim yuqori bosim o'tkazishga intilayotgan terma jamoalarni juda kam ko'rayapmiz», – dedi Skaloni matbuot anjumanida.
Bugun Moskva vaqti bilan soat 20:00 da Argentina va Avstriya o'rtasidagi uchrashuv boshlanadi.




