Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salah jahon chempionati guruh bosqichidagi o'yinlarda ajoyib natijalar ko'rsatmoqda.

Bugun Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinda 34 yoshli futbolchi 67-daqiqada gol urdi, 82-daqiqada esa jamoa doshti Trezeguetga assistentlik qildi. Shunday qilib, sobiq «Liverpul» yulduzining jahon chempionatidagi ikki o'yinda 3 ta samarali harakati (1+2) mavjud. Eslatib o'tamiz, birinchi turda Belgiya bilan o'yinda (1:1) Misr kapitanining ham golga assistentlik qilgani haqida xabar bergan edik.

Agar Misr terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi g'alabani saqlab qolsa, G guruhidagi turnir jadvalida birinchi o'rinni egallaydi. Salah o'yinning 85-daqiqasida maydondan almashtirildi.