Belgiya sobiq futbolchisi Sankt-Peterburgning «Zenit» klubidan Nikolash Lomberts, Rossiya va Italiya terma jamoalarini nufuzli musobaqada ko'rolmasligidan afsusda. Uning fikricha, ularning ishtiroki ba'zi kichik jamoalarning borligidan ko'ra ma'qulroq bo'lar edi.

«Albatta, Rossiyani jahon chempionatida ko'rmaslik juda afsus. Italiya haqida ham shunday deyish mumkin — bu dunyoning eng buyuk futbol mamlakatlaridan biri. Haqiqatdan ham, men jahon chempionatida Rossiya yoki Italiyani ko'rishni afzal ko'yardim, kichik terma jamoalardan ko'ra», - deydi futbolchi Sport24ga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi Bosniya bilan o'yinda mag'lub bo'lib, jahon chempionatiga chiqolmagan, Rossiya esa siyosiy sabablarga ko'ra sport tadbirlaridan chetlatilgan.