«Zenit»ning sobiq murabbiyi Vlastimil Petrzhela Peterburg jamoasining yig‘iniga kelishdan kechikkan yarim himoyachi Markus Vendl haqida fikr bildirdi.
Oldinroq matbuotda Neva sohillaridagi klub har kuni kechikkanligi uchun yarim himoyachini 100 ming evro jarimaga tortmoqchi ekanligi haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.
- Bunday boy futbolchilar uchun bu kichik pul. Ularni bunday kompensatsiyalar umuman qiziqtirmaydi. Bunday maoshlar bilan ularga hamma narsa bir xil, - deya Petrzhelani iqtibos keltiradi «Sport kun sayin».
Esimizda bo‘lsin, qishda braziliyalik futbolchi ham Peterburg jamoasiga vaqtida kelmagan va natijada 700 ming evro jarimaga tortilgan edi. Biroq keyinchalik, jarima miqdorining bir qismini braziliyalik futbolchiga qaytarilganligi ma'lum bo‘ldi.




