Belgiya va Eron o'rtasidagi uchrashuvda 70 317 tomoshabin bo'lganligi ma'lum bo'ldi.

Uchrashuv 0:0 hisobida tugadi. Eronliklar birinchi taymda gol urishga muvaffaq bo'lishdi, ammo hakam golni ofsayd sababli bekor qildi. Ikkinchi taymda belgiya jamoasi himoyachining qizil kartochkasi sababli o'yinda o'n kishi bo'lib qoldi.

Ikki turdan so'ng, Belgiya va Eron jamoalarida ikkita ochko bor. Keyingi turda Belgiya jamoasi Yangi Zelandiyaga, Eron esa Misr jamoasiga qarshi o'ynaydi. Ikkala o'yin ham 27-iyunda bo'lib o'tadi.

Jahon chempionati 11-iyunda boshlangan va 19-iyulgacha davom etadi.