«Axmat» forvardi Maksim Samorodovning agenti «Spartak»ning qozog‘istonlik futbolchiga qiziqishi haqida fikr bildirdi.
- «Spartak»ning Maksim Samorodovga qiziqishi haqida «Axmat»ga murojaat qiling. Ular bilan suhbatlashing, ular yaxshiroq ma'lumot berishadi, - deydi Vladimir Shuklinning so‘zlarini «Chempionat» yetkazmoqda.
Oldinroq, poytaxt klubi qanot o‘yinchisini qo‘lga kiritishga qiziqishi haqida ma'lumotlar tarqalgandi. G‘rozniy klubi o‘yinchisi uchun taxminan 10 million evro olishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan.
Samorodov o‘tgan mavsumda «Axmat» safida 34 uchrashuvda raqiblar darvozasini besh marta ishg‘ol qilib, 10 ta golli uzatma bergan. O‘yinchining G‘rozniy bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.




