Rossiyalik murabbiy va futbol eksperti Dmitriy Kuznetsov Braziliya terma jamoasining joriy jahon chempionatidagi istiqbollari haqida fikr bildirdi.

Mutaxassisning fikricha, braziliyalik jamoaga muntazam jarohatlar to'g'ri tarkibda o'ynashga imkon bermayapti.

«Ular kutilmagan natija ko'rsatishi mumkin, ammo ularga hech kim ishonmayapti. Agar barcha futbolchilar o'ynasa, ular kamida chorak finalgacha yetib borishadi, keyin esa kimga duch kelishlariga qarab», — deydi Kuznetsovning so'zlarini Match TV keltirmoqda.

Ikki o'yin o'tkazgandan so'ng, Braziliya C guruhini boshqarib turibdi va to'rt ochko to'plagan. So'nggi turda Karlo Anchelotti boshqaruvidagi jamoa shotlandiyaliklar bilan maydonga tushadi. Uchrashuv 25 iyun kuni rejalashtirilgan.