24 yoshli «Sochi» yarim himoyachisi Kirill Kravtsov Rossiya Premer-ligasidagi top-klubda faoliyatini davom ettirishi mumkin.

«Championat» ma'lumotlariga ko'ra, Moskvaning «Lokomotiv» klubi yarim himoyachini ijaraga olish bo'yicha kelishuvga yaqin. O'yinchi janubiy klub bilan mehnat shartnomasini uzaytirishi va keyin «temiryo'lchilar» safiga o'tishi mumkin.

Avvalroq matbuotda Ispaniyaning «Kadis» klubi Kravtsovga qiziqish bildirgani haqida xabar berilgan edi.

Yarim himoyachining «Sochi» klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning iyun oyining oxirigacha davom etadi. Futbolchining transfer narxi 1,2 million evro deb baholanmoqda.

O'tgan mavsumda Kravtsov 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.