Ispaniyaning «Sevilya» klubi himoyachi Kike Salasning transferi bo'yicha moliyaviy talablarini ma'lum qildi.

Oldinroq, Salas uchun taklifni «Spartak» bergani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, mish-mishlarga ko'ra, sevilyaliklar CSKAdan taklif olishgan.

Internet nashri «Evro-Futbol.Ru» ma'lum qilishicha, «Sevilya» 24 yoshli Salasni 15 million evrodan arzon sotishni rejalashtirmaydi. Klub uni muhim futbolchi sifatida ko'radi va faqat juda saxiy takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Biroq, hozirgi kunda klubga rasmiy takliflar kelib tushmaganligi haqida ma'lumotlar mavjud.