Kot-d'Ivuar terma jamoasining qanot o'yinchisi Amad Diallo 2026-yilgi jahon chempionatining guruh bosqichida Germaniya terma jamoasiga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi. Afrikaliklar 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, qo'shimcha vaqtda hal qiluvchi golni o'tkazib yuborishdi.
«Jamoa mamlakatimiz uchun tarixga kirishni xohlaydi. Uchinchu o'yinda maydonga maksimal kayfiyatda chiqamiz. Bu biz uchun muhim daqiqalar bo'ladi. Jamoani qiyin o'yin kutmoqda. Biz to'liq diqqatimizni jamladik», - deydi o'yinchi APNews orqali.
Yakuniy turdan oldin Kot-d'Ivuar terma jamoasi uch ochko bilan guruhda ikkinchi o'rinda turibdi. Afrikaliklar uchinchi o'yinlarini Kyurosao terma jamoasiga qarshi o'tkazadilar.




