Turkiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon Chempionatida unga qo'yilgan bosimga dosh bera olmadi. Bu fikrni Dortmundning «Borussiya» va «Liverpool» jamoalarining sobiq murabbiyi Yurgen Klopp bildirdi.
Nemis mutaxassisi aytishicha, turk futbolchilarini g‘alaba qozonish yoki o‘zini berish istagida ayblash mumkin emas.
«Bosim juda katta edi va ular bunga dosh bera olmadilar. Ular g‘alabaga shunchalik intilardiki, himoya va hujum o'rtasidagi muvozanatni butunlay unutib qo‘yishdi», - deydi Klopp Magenta TV'ga bergan intervyusida.
U, shuningdek, psixologik muammolar Vinchenzo Montella jamoasining o'z o'yiniga qaytishiga imkon bermaganini qo'shimcha qildi.
Turkiya jamoasi guruh bosqichining boshlanishida ikki marta ketma-ket mag'lub bo'lib, raqiblar darvozasiga 62 zarba berib, birorta ham gol urmagan.




