Braziliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubining hujumchisi Vini­sius Junyor o'zining 500-o'yinlik muhim bosqichini nishonladi. 25 yoshli futbolchi uchun yubiley o'yini Braziliya terma jamoasi Gaitiga qarshi o'yin bo'ldi. Yulduz hujumchi «penta­kampeonlar»ga katta g'alaba (3:0) keltirib, bir gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Professional darajada 500 o'yin. Aqlbovar. Men orzularimni yashayapman!» – deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.

Vini­sius Junyor 2018 yildan beri «Real» safida o'ynaydi, kariyerasining boshida esa o'zining tug'ilgan shahridagi «Flamen­go» jamoasida to'p surgan. Braziliya terma jamoasidagi debyuti 2019 yil sentyabrda bo'lib o'tdi.