Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kaka, hozirda davom etayotgan 2026-yilgi Jahon Chempionatida eng yaxshi to'purar unvonini kim qo'lga kiritishini taxmin qildi.
Sobiq «Milan» va Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi fikricha, «Oltin butsa» uchun ikki «oq» hujumchi - Kiliyan Mbappe va Vinisius Júnior kurash olib boradi.
«Asosiy ikki nomzod? Mbappe albatta, ikkinchi sifatida esa Vinisiusni aytardim», - deydi Kaka CentreGoals saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 2022-yilning oxirida Qatarda o'tkazilgan o'tgan Jahon Chempionatida eng yaxshi to'purar unvoni Kiliyan Mbappe'ga nasib etdi, u sakkiz gol urdi. Joriy musobaqaning birinchi turida Fransiya terma jamoasi sardori Senegalga qarshi o'yinda ikkita gol urdi.




