Gollandiyaning terma jamoasi va «Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yong yana tanqidchilariga javob berdi.
29 yoshli futbolchini ko'p hollarda o'yinlarni uzatmalari bilan jonlantira olmaslikda ayblashadi, lekin u buni qat'iyan inkor etadi.
«Ko'p odamlar aslida futbolni umuman tushunmaydi. Ular o'yinlarni tomosha qilishadi, lekin hech narsani ko'rmaydi. Men ularning men oldinga uzatmalar bermasligim haqida gaplashayotganlarini eshitaman, lekin bu mutlaqo haqiqat emas. Demak, siz hech narsani ko'rmayapsiz», – deydi «to'q sariq» jamoasi yarimhimoyachisi The Touchline orqali.
Shanba kuni Gollandiya terma jamoasi Jahon chempionatida Shvetsiyaga qarshi katta g'alaba qozondi (5:1). Frenki de Yong maydonda 59 daqiqa o'ynadi va 51 aniq, 2 esa noaniq uzatma berdi.




