«Spartak» «Sevilya» himoyachisi Kike Salasga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ficherio ma'lumotlariga ko'ra, «qizil-oq» jamoasi 24 yoshli futbolchini o‘tgan yozda sotib olishga harakat qilgan, ammo o‘shanda ispaniya klubi 5 million evro va 2 million evro bonus taklifini rad etgan. Hozirda futbolchiga qiziqish saqlanmoqda va potentsial kelishuv shartlari ancha jozibador bo‘lib qolmoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Spartak» Salas uchun taxminan 10 million evro taklif qilgan. Bundan tashqari, futbolchiga «Sevilya»dagi hozirgi maoshidan ancha yuqori bo'lgan yangi shartnoma taklif qilinmoqda.
Shuni ta'kidlash joizki, «Sevilya» moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda va o'z tarbiyalanuvchilaridan birini sotishni ko'rib chiqishi mumkin.




