Shvetsiya terma jamoasining bosh murabbiyi Greym Potter Niderlandlarga qarshi o'yin natijalarini tahlil qildi. Guruh bosqichining ikkinchi turidagi uchrashuv shvedlarning 1:5 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.
«Ba'zan bunday o'yinlardan o'tish kerak. Men o'yin shunday bo'ladi deb o'ylamagan edim, lekin biz undan saboq olishimiz kerak. Biz yaxshi jamoaga qarshi o'ynadik. Ular bizni qanotlarda yaxshi jazoladilar. Birinchi gol uzoq uzatmadan keldi, biz esa bunga yaxshi tayyorlanmagan edik», - deydi murabbiy FIFA saytida.
Niderlandlar guruhda 4 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, shvedlar 3 ochkoga ega, Yaponiya esa 1 ochko bilan, ular ikkinchi tur o'yinida Tunis (0 ochko) bilan o'ynaydi.




