Moskvadagi «Spartak»ning sport direktori Fransis Kahigao jamoaning yarimhimoyachisi Esekiel Barco bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar haqida ma'lumot berdi.

«Biz uzoq vaqt davomida muzokaralar olib boryapmiz va kelishuvga juda yaqinmiz. 4-5 yillik shartnoma haqida gap ketganda, ko'plab nozik jihatlarni muhokama qilishimiz kerak. Biz barcha masalalarda o'zaro tushunishga erishdimmizmi? Yo'q, lekin biz finalga juda yaqin edik. Hozirda so'z o'yinchi va uning agentida. O'yinchi «Spartak»da qolishni xohlaydi. Menga yuzma-yuz aytganlariga ishonaman», — dedi Kahigao «Qizil-oq» kanalidagi yangi «Tsarsky podcast»da.

Ushbu funksioner qolgan savollar moliya bilan bog'liq emasligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, klub Barco bilan maosh haqida allaqachon kelishib olgan.

O'tgan mavsumda 27 yoshli argentinalik barcha musobaqalarda 37 ta o'yin o'tkazdi, 8 ta gol urdi va 9 ta assist berdi.