Vyacheslav Koloskov, Rossiya Futbol Federatsiyasining faxriy prezidenti, O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi chiqishiga munosabat bildirdi.
- O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatida pley-offga chiqish imkoniyatlari hali mavjud. Ammo, rostini aytganda, bu juda qiyin. Ular har holda katta ishni bajardilar - jahon chempionatiga chiqishdi, - deya Koloskovning so'zlarini «RB Sport» etkazmoqda.
O'zbekiston jahon chempionatidagi dastlabki o'yinida Kolumbiya terma jamoasiga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoani yana ikki o'yin kutmoqda - Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi bilan. Hozircha jamoa uchinchi o'rin uchun kurashish imkoniyatiga ega, bu esa 1/16 finalga yo'l olishi mumkin.
2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyunda boshlanadi va bir oydan ko'proq davom etadi - final o'yini 19 iyulga belgilangan. Turnirni AQSh, Kanada va Meksika qabul qiladi.




