Moskvaning «Spartak» klubining sport direktori Fransis Kahigao jamoaning yangi mavsumdagi istiqbollari haqida fikr bildirdi.
— Men shuni aytishim mumkinki: biz g‘alaba uchun kurashamiz. Bu men uchun aniq, — dedi Kahigao «Qizil-oqlilar» kanalidagi «Tsarskiy podkast»da.
O‘tgan mavsum natijalariga ko‘ra, «Spartak» Rossiya Premer-ligasida to‘rtinchi o‘rinni egallab, 52 ochko to‘pladi. Bundan tashqari, Xuan Karlos Karsedoning shogirdlari FONBET Rossiya kubogini qo‘lga kiritdi va Superfinalda «Krasnodar»ni mag‘lub etdi.
Yangi mavsumni «Spartak» «Zenit»ga qarshi o‘yindan boshlaydi. 18-iyul kuni jamoalar OLIMPBET Rossiya Superkubogini o‘ynaydi.




