Turkiya milliy jamoasi himoyachisi Merih Demiral 2026-yilgi jahon chempionatidan chiqib ketgandan so'ng izoh berdi.
«Juda afsusdaman. Turkiya xalqidan uzr so'rayman. Bunday paytlarda nima deyishni bilmayman. Jamoada hamma juda xafa. Paragvayga qarshi o'yin men uchun milliy jamoada eng xafa qiluvchi o'yin bo'ldi. Bu kutgan natijamiz emas», - dedi himoyachi Fotomac'ga.
Turkiya jamoasi Paragvayga 0:1 hisobida yutqazdi, undan oldin esa Avstraliyaga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi. Ikki mag'lubiyatdan so'ng Vinchenso Montella boshqaruvidagi jamoaning pley-offga chiqish imkoniyatlari tugadi.




