Madridning «Real» klubining sobiq o'yinchisi Toni Kroos Angliya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubining markaziy hujumchisi Garri Keyn haqida fikr bildirdi.
«Keynning hozirda dunyodagi eng yaxshi zarbasi bor, nafaqat oyoq bilan, balki bosh bilan ham. U to'pni ajoyib tarzda boshqaradi. Agar inglizlar shunday o'ynashda davom etishsa, albatta yuqori o'rinlarda bo'lishadi», - deydi sobiq nemis yarim himoyachisi Bild nashriga.
2026-yilgi jahon chempionatining guruh bosqichidagi dastlabki turda Angliya terma jamoasi Xorvatiya terma jamoasi bilan uchrashdi. Tomas Tuxel boshqaruvidagi jamoa 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Keyn esa ikki gol urdi.
Inglizlar keyingi o'yinini 23-iyun kuni Gana bilan o'tkazadilar.




