2026-yilgi jahon chempionatining guruh bosqichidagi ikkinchi tur o'yinida Braziliya terma jamoasi Gaiti terma jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Bu katta g'alaba bilan «selesao» jahon chempionatlarida eng ko'p gol urgan jamoa sifatida birinchi o'ringa qaytdi. Endi braziliyaliklarning hisobida 241 gol mavjud.
Karlo Anchelotti boshqaruvidagi jamoa Germaniya terma jamoasini ortda qoldirdi, ularning hisobida 239 ta samarali zarba bor. Jahon chempionatidagi birinchi o'yinida «bundestim» Kyurosoni 7:1 hisobida mag'lub etdi.
Jahon chempionati 11-iyunda AQSh, Kanada va Meksikada boshlandi. Nufuzli turnir 19-iyulda yakunlanadi. Hozirgi chempion esa Argentina.




