Mashhur kommentator Denis Kazanskiy Turkiya terma jamoasining 2026-yilgi jahon chempionatidan chiqishi haqida fikr bildirdi. Vincenzo Montella boshqaruvidagi jamoa ikki o'yinda ketma-ket mag'lubiyatdan so'ng, pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
«Eh... turklar, nima bo'lyapti?! Bu qanday serial?! «Elvin va uning do'stlari», - deb yozdi kommentator ijtimoiy tarmoqlarda.
Birinchi turda Turkiya terma jamoasi Avstraliyaga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi, keyin esa Paragvayga 0:1 hisobida minimal mag'lubiyatga uchradi.
2026-yilgi jahon chempionatidagi so'nggi uchrashuvni Montella boshchiligidagi jamoa turnir mezbonlari - AQSh terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 26-iyun, juma kuni bo'lib o'tadi.




