Turkiya terma jamoasining darvozaboni Ugurchan Chaqir 2026-yilgi jahon chempionatidan chiqib ketgach, fikr bildirdi. Jamoa ikki mag‘lubiyatdan so‘ng pley-off imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

«Turkiya xalqidan uzr so‘rayman. Bizni g‘ururlanishlarini xohlagan edik. Kutilgan yuqori natijalarni bera olmadik. Jamoa g‘alaba qozonishni juda xohladi, maksimal o‘zini bag‘ishladi.

Biz hali ham boshimizni ko‘tarib yuramiz. Yaxshi yosh jamoamiz bor. Mamlakatimiz biz bilan g‘ururlanishini xohlaymiz», - deydi darvozabon Fotomac nashriga bergan intervyusida.

Turkiya terma jamoasining jahon chempionatidagi oxirgi o‘yini AQShga qarshi bo‘ladi, ular guruhni yutib chiqishdi.