Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronalduning ijtimoiy tarmoqlarda yangi posti paydo bo'ldi. 41 yoshli o'yinchi terma jamoa hamkorlari bilan suratini joylashtirib, uni ikkita so'z bilan izohlagan.

«Har doim birgamiz», - deya yozgan yulduz hujumchi.

2026 yilgi jahon chempionatining guruh bosqichidagi dastlabki o'yinida Portugaliya DRC Kongosi bilan 1:1 hisobida kutilmagan durang o'ynadi. O'tgan uchrashuvda Ronalduning gol urish harakati bo'lmadi.

Roberto Martines boshqaruvidagi jamoa jahon chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yin 23-iyun, dushanba kuni bo'lib o'tadi.