Braziliya milliy jamoasining yulduz qanot o'yinchisi Viniyus Junyor 2026 yilgi jahon chempionatining guruh bosqichida Gaiti jamoasiga qarshi o'tkazilgan g'alabali o'yindan so'ng fikr bildirdi. U o'yinda bir gol urdi va bir golga assistentlik qildi, natijada «selesao» 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

«Men jahon chempionatiga katta maqsadlar bilan keldim. Agar o'zimni yaxshi his qilsam, 100% kuchimni sarflayman. Jamoaga gollar va assistlar bilan yordam beraman. Men aynan shu ishni o'tgan uchrashuvda amalga oshirdim. Jamoani chempionlik unvoni sari olib borish uchun shunday davom etishga harakat qilaman», - deydi futbolchi UOLga bergan intervyusida.

Braziliya guruh bosqichidagi so'nggi o'yinida Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi.