Senegal terma jamoasi, 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etayotgan, nufuzli turnir davomida moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda Sport News Africa jurnalistlari xabar bermoqda.
Jamoa o'yinchilari, hali ham jahon chempionatiga chiqish va o'tgan Afrika Kubogida ishtirok etish uchun mukofot pullarini olmaganliklaridan norozidir. Shuningdek, futbolchilar AQShdagi yashash sharoitlaridan ham qoniqmayapti. O'yinchilar mehmonxona tanlovidan norozi.
Jamoa bosh murabbiyi esa umuman shartnomaga ega emas. Shartnoma muddati tugagan va u besh oy davomida maosh olmagan.
Senegalning birinchi o'yinida Frantsiyaga qarshi 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Afrikaliklar navbatdagi uchrashuvni Norvegiya bilan o'tkazishadi.




