Yosh Marokash terma jamoasi yarimhimoyachisi Ayub Buaddi yana o'z o'yini bilan maqtovlarga sazovor bo'ldi. Bu safar 18 yoshli «Lille» futbolchisi Ikkinchi turda Shotlandiyaga qarshi o'yinda o'zini ko'rsatdi va marokashliklar minimal hisobda g'alaba qozondilar.

«Uning o'yin sifati o'z-o'zidan gapiradi. Ayub – ajoyib o'yinchi. U Braziliya bilan o'yinda, endi esa Shotlandiya bilan o'yinda o'zini ko'rsatdi. Bu haqiqatan ham ajoyib. U hammaga yoqadi, lekin juda kamtar», – dedi «Manchester Yunayted» himoyachisi Nusayr Mazraui SportyTV'ga bergan intervyusida.

Ko'plab mish-mishlarga ko'ra, Buaddini «Arsenal», «Liverpul», «PSJ» va boshqa evropalik buyuk klublar o'z saflariga qo'shib olishni xohlamoqda.