Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente boshqa terma jamoadan o'z jamoasida ko'rishni istagan futbolchini tanladi.
«Qizil furiya» murabbiyi Madridning «Atletiko» klubida o'ynayotgan argentinalik hujumchi Julian Alvaresga afzallik berdi.
«Qaysi boshqa terma jamoadan «imzo qo'ygan» bo'lar edim? Julian Alvares. Ajoyib futbolchi. U bizga juda mos keladi, juda muhim bo'lardi. Mbappe va Vinisius ham ajoyib futbolchilar, lekin Julian bizning o'yin modelimizga mukammal mos tushadi», – deya AlbicelesteTalk saytida de la Fuentening so'zlarini keltirmoqda.
21-iyun kuni ispanlar 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynaydi.




