Argentinalik Luzu TV telekanalida 2026 yilgi jahon chempionati paytida Lionel Mesiyning otasi vafot etgani haqida noto'g'ri xabar berilgach, katta shov-shuvlar boshlandi.
Televideniyechi Florensiya Penya efirda Xorxe Mesiyning vafot etganini aytdi, ammo tez orada futbolchining oilasi bu ma'lumotni rad etib, u shifoxonada davolanayotganini va ahvoli yaxshilanayotganini ma'lum qildi.
Voqeadan so'ng, Penya ishdan bo'shatish to'g'risida ariza yozdi va efirda noto'g'ri ma'lumot olgani uchun jamoatchilik oldida uzr so'radi. Kanal vakillari esa sodir bo'lgan voqeani qabul qilib bo'lmaydigan holat deb atab, bir qator boshqa xodimlarni ham ishdan bo'shatish haqida xabar berishdi.
Shuningdek, bir necha reklama beruvchilar Luzu TV bilan hamkorlikni to'xtatganligi ham ma'lum bo'ldi.




