CSKA «Krasnodar» yarimhimoyachisi Nikita Krivtsovni sotib olishga urindi.
«Championat» ma'lumotlariga ko'ra, «armeytsy» Krasnodar klubining rahbariyatiga yarimhimoyachi transferi haqida murojaat qilishdi, ammo qat'iy rad javobini oldilar. «Biklar» jamoasida jamoaning asosiy o'yinchilaridan birini sotish variantini ko'rmasliklarini bildirishdi.
O'tgan mavsumda Krivtsov barcha turnirlarda 40 ta o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va hamkasblariga 5 ta assist berdi. Janubiy jamoa 66 ochko bilan Rossiya chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi.




