24 yoshli «Alaves» himoyachisi Viktor Parada moskva «Spartak»iga o'tishga qiziqmoqda.

Jurnalist Mikel Uriarte ma'lum qilishicha, ispan futbolchisi Rossiyada karerasini davom ettirish variantiga ijobiy qaramoqda. Biroq, o'yinchi uchun potentsial bitimning moliyaviy jihati emas, balki boshqa muhim omil ham mavjud. Paradani «Spartak»ning mamlakatdagi eng taniqli va mukofotlangan klublardan biri sifatidagi maqomi qiziqtirmoqda.

Parada o'tgan mavsumda 33 uchrashuvda ishtirok etib, uchta golli uzatmani amalga oshirdi. O'yinchining transfer narxi ikki million evroga baholanmoqda.