Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) «Sassuolo»ga Kanadaning yarim himoyachisi Ismaël Kone jarohati uchun kompensatsiya to'lashga majbur bo'ladi. Bu haqda Sport Bible xabar bermoqda.

Futbolchi 6:0 hisobida g'alaba qozongan Qatar bilan o'yin davomida ikkinchi taymda oyoq qismi sinishi bilan jarohat oldi. To'qnashuvdan so'ng Kone shifoxonaga olib borildi va muvaffaqiyatli operatsiya o'tkazdi. Kanadaning bosh murabbiyi Jessi Marsh operatsiya taxminan bir yarim soat davom etganini ma'lum qildi. Dastlabki baholashlarga ko'ra, futbolchining tiklanishi 4 dan 5 oygacha davom etishi kutilmoqda.

FIFA klublarni himoya qilish dasturi doirasida tashkilot milliy jamoalarda o'ynash vaqtida jiddiy jarohat olgan futbolchilar uchun klublarga yo'qotishlarni qoplab beradi. «Sassuolo» Kone yo'qligi 28 kundan ortiq davom etishi sababli to'lov olish huquqiga ega.

Futbolchining maoshi hisobga olinganda, italiyalik klubga to'lanadigan kompensatsiya miqdori taxminan 560 ming evro atrofida bo'lishi mumkin. Aniq summa esa kanadalik yarim himoyachining tiklanish muddatlaridan kelib chiqib belgilanadi.