«Dinamo»da bosh direktor lavozimini egallovchi Pavel Pivovarov, yarim himoyachi Arsen Zaharyan haqida fikr bildirdi. Pivovarovning so‘zlariga ko‘ra, «oq-ko‘klar» Zaharyan bilan aloqani davom ettirmoqda va o‘z tarbiyalanuvchisi uchun muvaffaqiyatlar tilamoqda. Shu bilan birga, «Dinamo»ning bosh direktori futbolchining yaqin kelajakda klubga qaytish imkoniyatini inkor etdi.

Arsen Zaharyan «Real Sosyedad»da uch mavsum o‘tkazdi. Mashhur Transfermarkt portali futbolchini 9 million evroga baholamoqda.