Moskvaning Janubiy Tushino tumanida «Dinamo» 100-yillik Lyev Yashin sharafiga akademiya quradi. Bu haqda «oq-ko'klar»ning bosh direktori Pavel Pivovarov ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, 300 o'rinli kompleks 2029 yilga qadar quriladi.

«Yashinning 100 yilligi munosabati bilan 2029 yilda «Dinamo» Janubiy Tushinoda 300 o'rinli akademiya quradi», - Pivovarovning so'zlarini «RIA Novosti» keltirmoqda.

Eslatib o'tamiz, buyuk sovet darvozaboni 1929 yil 22 oktyabrda tug'ilgan va butun faoliyatini «Dinamo»da o'tkazgan. Yashin - futbol tarixida «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona darvozabon. Bu 1963 yilda bo'lgan.