Neymar jarohatdan tiklandi, mashg'ulotlarni qayta boshladi, lekin hozircha 100% tayyor emas. Yulduzli braziliyalik futbolchining Jahon chempionatida Gaiti bilan o'yinda o'ynamasligi kutilmoqda.
El Chiringuito TV dasturida Neymarning maqsadi Jahon chempionatidagi Braziliya terma jamoasining uchinchi o'yinida – Shotlandiyaga qarshi maydonga tushish ekanligi haqida ma'lumot berildi. 34 yoshli futbolchi ushbu o'yinda o'yin vaqtini olishni xohlaydi.
Braziliya va Shotlandiya terma jamoalari 25 iyunda o'yin o'tkazadi. Eslatib o'tamiz, «selesao» Jahon chempionatiga Marokashga qarshi o'yinda (1:1) durang bilan boshlagan.
Braziliya terma jamoasi so'nggi marta Jahon chempionatini 2002 yilda yutgan.




