Ispaniya terma jamoasi qanot o'yinchisi Lamin Yamal 100% tayyor emasligini tan oldi. 18 yoshli futbolchining so'zlariga ko'ra, hozirgi kunda u futbol maydonida 90 daqiqa o'ynay olmaydi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi birinchi o'yinida Kaboverdega qarshi (0:0 durang) Lamin Yamal ikkinchi taymda o'z o'rnini egalladi. Bu Yamalning aprel oyi o'rtalaridan beri, «Barselona» o'yinida jarohat olganidan keyin maydonga chiqishi edi.
21 iyun, yakshanba kuni, Ispaniya terma jamoasi jahon chempionatida Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynaydi.




